O‘zbekiston

UzAirways`ning Istanbuldan Toshkentga reysi bortdagi tug‘uruq tufayli Urganchga qo‘ndi

Yo‘lovchilar orasida ikki nafar shifokor ham bo‘lib, ular ekipaj a’zolari bilan birgalikda ayolning farzandli bo‘lishiga yordam berishgan.

19-iyul kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY282 reysi bortida yo‘lovchilardan birida muddatidan oldin tug‘ruq boshlandi.

Samolyot bortida ikki nafar shifokor bo‘lib, ular ekipaj bilan birgalikda barcha zarur tibbiy yordamni zudlik bilan ko‘rsatishgan. Ekipaj komandirining qarori bilan samolyot Urganch aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi, u yerda ona va yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolani allaqachon shifokorlar kutayotgan edi. Oila zudlik bilan mahalliy klinikaga yetkazilgan.

Uzbekistan Airways oilaning to‘ldirilishi bilan chin dildan tabriklaydi va ekipajimiz a’zolariga samolyot komandiri Mixail Ajgirevich, ikkinchi uchuvchi Elyor Hoshimovga samimiy minnatdorchilik bildiradi. Va albatta bortkuzatuvchilarimizga: Lyudmila Li, Alina Ibragimova, Diana Dyu, Intizor Yusupova, Shuhrat Ernazarov, Fozila Zuhurova, Feruza Rajarova va Shahzoda Nurulliyeva. Tasodif tufayli ushbu reysda bo‘lgan shifokorlar Dilbar Sheripbayeva va Dilshod Nortojiyevaga alohida minnatdorchilik bildiramiz — Uzbekistan Airways.

Avvalroq Toshkentdan uchgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ilgani sababli Nyu-Yorkka yetib bora olmagandi. Samolyot Islandiyaga qo‘nishga majbur bo‘ldi, ayolda to‘lg‘oq Grenlandiya ustidan uchib o‘tayotganda boshlangan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная