28 Mart 2025, 14:10 Oʻzbekiston

Uyda yolgʻiz: nega bolalarni nazoratsiz qoldirish xavfli?

Baxtsiz hodisalarda bola tibbiy yordamsiz qolishi mumkin.

Uyda yolgʻiz: nega bolalarni nazoratsiz qoldirish xavfli?

28-mart kuni FVV yosh bolalarni uyda yolgʻiz qoldirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini maʼlum qildi.

Idora maʼlumotlariga koʻra, uyda yolgʻiz qolgan yosh bola tasodifan yiqilib tushishi, oʻtkir narsalar bilan kesilishi yoki gaz plitalari, elektr jihozlari yoki olov bilan oʻynashi natijasida yongʻin chiqishi mumkin.

Shu bilan birga, bolalar shoshilinch tibbiy yordam ololmaydi, chunki yaqin atrofda hech kim yoʻq.

“Voyaga yetmagan bolalarni uyda yolgʻiz qoldirish xavfli ekanligini unutmaslik kerak. Hurmatli ota-onalar, bolalarni uyda yolgʻiz qoldirmang, ularning xavfsizligi uchun barchamiz masʼulmiz”, — deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar