18 Noyabr 2024, 17:52 Oʻzbekiston

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Prezident imzolagan qonun bilan endilikda uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

O‘zbekistonda uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi. Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.

Qonunga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

Shuningdek, tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.

Mashhur yangiliklar