17 Dekabr 2024, 19:21 Oʻzbekiston

Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etish bilan shug‘ullanganlar ushlandi

Farg‘ona viloyatida Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etish bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi.

Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etish bilan shug‘ullanganlar ushlandi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan joylarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqarolarni noqonuniy ravishda Umra safariga yuborishga urinish holatlari aniqlandi.

Jumladan, Marg‘ilon shahrida yashovchi M.A. vakolati bo‘lmasa-da, Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi besh nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishini aytib, xizmati evaziga 5700 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Boshqa holatda esa Uchko‘prik tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari O.M. tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay turib, ikki nafar fuqaroni umra ziyoratiga yuborish evaziga 2500 AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Qo‘qon shahrida kuzatilgan holatda, mahalliy turistik firma ish yurituvchisi A.J. ikki nafar fuqaroni aldab, ularni Umra ziyoratiga yuborish evaziga 2400 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar