Uch viloyatdagi jami 12 ta “zapravka”da sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
Mazkur AYQShlarning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatilgan.

Toshkent viloyatida 3 ta, Qashqadaryo viloyatida 4 ta, Namangan viloyatida esa 5 ta AYQShda sifatsiz avtobenzin sotilish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aholini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan “Oʻzenergoinspeksiya”, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamkorligida hududlardagi AYQShlarda nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyatida joylashgan “D.K.L.”, “B.O.” va “N.G.O.” MChJlarga qarashli 3 ta avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-markali benzin sifatsiz ekani maʼlum boʻlgan.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 4 ta AYOQSHda yuqoridagi kabi qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, Qarshi tumani Rovot MFYdagi “K.A.O.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi fosh boʻlgan.
Bu kabi holat Nishon tumanidagi “G.T.G.S.” MChJ hamda Qarshi shahri va tumanidagi “X-S.G.” MChJ hamda “N.P.” va “M.S.G.” xususiy korxonalariga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-80-markali avtobenzin sifatsiz ekani maʼlum boʻlgan.
Bundan tashqari Namangan viloyatidagi 5 ta AYQShda sifatsiz avtobenzin sotilgan.
Xususan, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “O.Y.S.” MChJ, Mingbuloq tumanidagi “G.B.O.S.” MChJ va Namangan shahridagi “K.N” MChJ hamda Yangi Namangan tumanidagi “B.Y.M.” va “I.R.G” MChJlarga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan yuqorida nomi keltirilgan barcha AYQShlarda birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 98 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi O‘zbekistonda ikki yarim oyda 327 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy fodalanildi Metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha cheklandi Navoiyda 644 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi Farg‘onada 428 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







