Uch viloyatda ishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarliklar fosh etildi
Qashqadaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida tashkilot xizmatchilari pora bilan qo‘lga tushdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Qashqadaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida pora evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlangan.
Qayd etilishicha, departament o‘tkazgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi “D.K.” AJ qo‘riqchisi M.A., S.U. va Y.I.dan 2 500 dollar evaziga ushbu korxonaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, pulni olganida ushlangan.
Yana bir holatda Shofirkon tuman Tibbiyot birlashmasi bo‘lim hisobchisi Y.H. fuqaro S.Z.ni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga joylab qo‘yishi evaziga 700 dollarni olgan chog‘ida qo‘lga olingan.
Farg‘ona viloyatida esa “Toshloqtumangaz” gazchisi M.M. va boshqalar fuqaro A.S.ni mazkur gaz ta’minoti korxonasiga ishga joylab qo‘yishini aytgan. So‘ngra 1,7 mln so‘m va 500 dollarni qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. Keyin firibgarlar olgan poraning 640 dollarini qaytargan va bu protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda qo‘lbola aroq sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Samarqandda fuqarolarni AQShga ishga yuborishni vaʼda qilgan ota-bola ushlandi Qashqadaryodagi o‘rmon xo‘jaligida 6 tup archa kesib ketildi Buxoro va Andijonda “valyutchik”lar ushlandi Namangandagi sexda 2,1 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi