Uch hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Boʻstonliq va Zangiota tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga tekshiruvlarda ushbu tumanlarda yashovchi fuqarolar A.B. va A.A. baliqchilik xoʻjaligiga moʻljallangan yer va yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga yashirin ravishda ulanib, jami 270,8 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi Departamentning Nurobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro L.X. oʻziga tegishli noturar joy binosida elektron gaz hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha ulanib, jami 116, 7 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Qarshi shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. “Buyuk turon” MFY hududida joylashgan muzlatkich xonasini elektr tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulab, jami 107,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqand shahri hududi kengaymoqda Samarqandda noqonuniy qum-shag‘al qazib olganlar tabiatga 826 mlrd so‘m zarar yetkazdi Ikki viloyatda “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi Samarqandda qo‘lbola aroq sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Uch viloyatda ishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarliklar fosh etildi