Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh qilindi
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Surxondaryo viloyatining Denov, Xorazm viloyatining Yangibozor hamda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Denov tumanida “X.” fermer xoʻjaligi rahbari J.X. dala yer maydonida elektr suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 314,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Shuningdek, Yangibozor tumanidagi “R.Y.” va “Sh.B.” fermer xoʻjaliklari masʼul shaxslari elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga ulab, jami 213,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Bundan tashqari, Baliqchi tumanida “X.” fermer xoʻjaligi ish boshqaruvchisi Gʻ.U. 100,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
To‘rt hududda 500 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi Uch hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi Yil davomida 1,4 trln so‘mlik energoresurslardan noqonuniy foydalanildi 1 mlrd so‘mlik “svet” va gazdan noqonuniy foydalangan bog‘cha fosh etildi Uch hududda 700 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi