13 Noyabr 2024, 10:18 Oʻzbekiston

Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh qilindi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh qilindi

Surxondaryo viloyatining Denov, Xorazm viloyatining Yangibozor hamda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Denov tumanida “X.” fermer xoʻjaligi rahbari J.X. dala yer maydonida elektr suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 314,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Shuningdek, Yangibozor tumanidagi “R.Y.” va “Sh.B.” fermer xoʻjaliklari masʼul shaxslari elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga ulab, jami 213,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Bundan tashqari, Baliqchi tumanida “X.” fermer xoʻjaligi ish boshqaruvchisi Gʻ.U. 100,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar