Uch hududda 700 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Andijon viloyatining Bo‘ston, Samarqand viloyatining Oqdaryo hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bo‘ston tumanida “E.O.” fermer xo‘jaligi rahbari D.E. va boshqalar xo‘jalik yer maydonlarini sug‘orish uchun suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulagan. Natijada jami 310,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Oqdaryo tumanida “Yangiqo‘rg‘on” MFY hududidagi “X-X.” xususiy korxonasi rahbari J.X. elektr qurilmalarni tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulagan. So‘ng 259,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Bundan tashqari, To‘rtko‘l tumanida “Shabbaz” OFY hududidagi xonadonda yashovchi fuqaro S.Yu. o‘z uyida gaz hisoblagich uskunasidan tashqari gaz tarmog‘iga yashirincha ulangan. Oqibatda 129,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Leyli Seytova Qoroqalpog‘iston Ekologiya vaziri bo‘ldi To‘rt hududda 675 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi Jizzax fuqaroni AQShga yuborish evaziga 6 ming dollar olgan shaxs ushlandi Fargʻonadagi portlashda vafot etganlar soni 4 nafarga yetdi