Uch hududda 700 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonning uch hududida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Bo‘zatov va Taxiatosh tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Fuqarolar A.A. va B.D. o‘zlariga tegishli xonadonlarda payvandlash va boshqa uskunalarni elektr tarmoqlariga hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulagan. Natijada jami 353,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, departamentning Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limlari tomonidan ham tergovga qadar tekshiruvlari o‘tkazildi.
Unda maʼlum bo‘lishicha, “S.U.” hamda “A.K.” MCHJ rahbarlari ushbu korxonalarga qarashli savdo do‘koni, novvoyxona va mehmonxonada elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulagan. Natijada jami 216,7 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan.
Bundan tashqari, departamentning Qamashi va Koson tumani bo‘limlari tomonidan ham tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
“N.”, “G‘.P.” va “B-Z.” fermer xo‘jaliklari masʼul shaxslari umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulangan. Oqibatda jami 129,5 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent – Samarqand yuqori tezlikdagi yo‘lovchi temiryo‘lini qurish boshlandi Ikki hududda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Samarqandda 19 yoshli qiz tanishini kaltakladi Samarqandda avtobus urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi