Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Muborak va Koson, Namangan hamda Surxondaryo viloyatlarida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Muborak va Koson tumanlarida faoliyat yurituvchi “O.”, “Y.K.” hamda “O.B.” fermer xo‘jaliklari masʼul shaxslari tijorat maqsadida elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulagan. Natijada jami 413,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Namangan viloyatida “S.S.” xususiy korxonasi rahbari B.M. elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Oqibatda jami 148,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Bundan tashqari, Termiz shahrida YTT J.M. tijorat maqsadida umumiy foydalanish elektr tarmog‘iga ulanib, 110,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Qoraqalpog‘istonda 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan oshxona fosh etildi