“Tuxum barak” geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
Adliya vazirligi taomni Xorazm viloyatiga xos milliy taom sifatida e’tirof etdi.

Adliya vazirligi Xorazm viloyatiga xos bo‘lgan “Tuxum barak” milliy taomini geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu taom o‘ziga xos tayyorlanish usuli, tarkibi va qadimiy an’analarga asoslanganligi bilan ajralib turadi. “Tuxum barak” Xorazm viloyati aholisi orasida keng tarqalgan bo‘lib, ushbu hududning boy madaniy va gastronomik merosini aks ettiradi.
“Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish ushbu taomni huquqiy jihatdan himoya qilish, uning sifati va obro‘sini saqlab qolish, shuningdek, Xorazmning mintaqaviy brendi sifatida targ‘ib qilish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand nonlari xususiylashtirilgandi. Avvalroq bunday maqomga Marg‘ilon atlasi, Qo‘qon pichoqlari va uchta taom ega bo‘lgandi.
Izohlar