11 Fevral 2025, 11:49 Oʻzbekiston

Turkmanistondan olib kirilgan 115 tonna dizel fosh etildi

Mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, ushbu yoqilgʻi mahsulotlari vaqtincha saqlovga olingan.

Turkmanistondan olib kirilgan 115 tonna dizel fosh etildi

Oʻzbekiston hududiga noqonuniy tarzda 1,3 milliard soʻmlik dizel yonilgʻisini olib kirish holati aniqlandi, deb xabar beradi “Oʻzenergoinspeksiya”.

Qayd etilishicha, hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Turkmanistondan Oʻzbekiston hududiga noqonuniy tarzda dizel yonilgʻisini hujjatlarda “Bitumnaya mastika” tarzida koʻrsatib olib kirishga boʻlgan urinish fosh etilgan.

Xususan, Buxoro viloyatidagi “Olot” chegara posti orqali ogʻirligi 115 tonna (qiymati 1,3 milliard soʻmlik), hujjatlarda “Bitumnaya mastika” deya koʻrsatilgan tovar “Oʻzenergoinspeksiya” kimyo laboratoriyasi xulosasiga koʻra dizel ekani maʻlum boʻlgan.

Mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, ushbu yoqilgʻi mahsulotlari vaqtincha saqlovga olingan.

Mashhur yangiliklar