20 Yanvar 2025, 08:57 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Turkiyada qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Turkiyadan odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.

Turkiyada qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Turkiyada o‘zbekistonliklarni fohishalik uchun sotib yuborgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan O‘.S. Toshkent shahriga deportatsiya qilingan.

1990 yilda tug‘ilgan mazkur ayol chet elda qonunga xilof ravishda O‘zbekiston fuqarolarining hujjatlarini olib qo‘ygan va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan.

“Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi”, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar