Turkiyada hujjat va pullarini o‘g‘irlatgan 74 yoshli ayol O‘zbekistonga qaytarildi
Istanbul shahriga sayyoh sifatida borib hujjat va pullarini o‘g‘irlatgan 74 yoshli ayol vatanga qaytarildi.
Turkiyaning Istanbul shahriga sayyoh bo‘lib borgan va hujjatlari bilan pullarini o‘g‘irlatgan 74 yoshli ayol kecha, 4 oktyabr kuni O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Bosh konsulxonaga kecha soat taxminan 20:05 da 74 yoshli fuqaro K.G. Istanbulda pulsiz va hujjatsiz qiyin ahvolda qolgani sababli O‘zbekistonga qaytishda yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 27 sentyabr kuni ayol Toshkentdan Istanbulga sayyoh sifatida uchib kelgan va shu yilning 4 oktyabr kuni Turkiyadagi savdo shoxobchalarining birida o‘ziga tegishli bo‘lgan hamyonini o‘g‘irlatib qo‘ygan.
Bosh konsulxona murojaatchining yoshi va qo‘lida qaytish chiptasi borligini inobatga olib, zudlik bilan vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirib, fuqaroni aeroportga kuzatib qo‘ygan.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda Polshada YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi