Turkiyada bolalar uyida qolgan 15 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Istanbuldagi bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni voyaga yetmagan farzandlarini xorijda nazoratsiz qoldirmaslikka chaqirdi.
12-yanvar kuni Turkiyaning Tekirdag‘ viloyatidagi bolalar uyida bo‘lgan 15 yoshli bola buvisi hamrohligida O‘zbekistonga qaytarildi, deya xabar bermoqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi.
Qayd etilishicha, konsulxonaga 66 yoshli Y.X. 15 yoshli nevarasi Y.A.ni Tekirdag‘ viloyatidagi bolalar uyidan O‘zbekistonga olib ketish yuzasidan yordam so‘rab murojaat qilgan. U 2022-yildan buyon turli ma’muriy-huquqiy to‘siqlar sababli nabirasini O‘zbekistonga olib keta olmay, og‘ir sharoitga tushib qolgan, deyiladi xabarda.
2024-yilning sentabr oyida Turkiya sudi tomonidan X.Y. nabirasini qaramog‘iga olish hamda O‘zbekistonga olib ketish huquqini beruvchi qaror chiqarilgan.
Biroq qaror kuchga kirgunga qadar bola bolalar uyidan qochgani sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Shuningdek, bolalar uyi ma’muriyatining taqdimnomasiga ko‘ra Adliya organi tomonidan buvisi Y.X.ga nisbatan “nabirasini qochishini tashkillashtirgani” yuzasidan ayb e’lon qilingan.
Ta’kidlanishicha, bosh konsulxona, Tashqi migratsiya agentligi vakillari, Ayollar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamkorligida yuqoridagi ayblovlarni rad etish hamda Y.A.ni O‘zbekistonga qaytarish yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Istanbuldagi bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni voyaga yetmagan farzandlarini xorijda nazoratsiz qoldirmaslikka chaqirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyada ushlandi Toshkent viloyatida onasi ayovsiz kaltaklagan 4 yoshli qizcha vafot etdi Rossiyada o‘zbekistonlik yigit 25 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanmoqda Toshkent viloyatida ayol 4 yashar qizini ayovsiz kaltakladi Qozog‘istonda hujjatlari olib qo‘yilgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi