Turkiyada 6 nafar o‘zbekistonlik qalbaki alkogoldan zaharlanib, vafot etdi
Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi Istanbul shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
Olingan ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutka ichida Istanbul shahrida jami 38 kishi soxta spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlangan. Kasalxonaga murojaat qilganlarning 11 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Politsiya voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, shifoxonaga murojaat qilganlarning 26 nafari xorijliklardir.
Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Hozirga vaqtga qadar qalbaki spirtli ichimliklar oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari soni 6 nafarga yetgan. Ulardan 5 erkak va 1 nafar ayol kishini tashkil etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi aeroportda o‘zbekistonlik erkak odamlarga pichoq o‘qtaldi O‘zbekistonda 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyada ushlandi Samarqandda qo‘lbola aroq sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Turkiyada bolalar uyida qolgan 15 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Rossiyada o‘zbekistonlik yigit 25 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanmoqda