Tungi ayoz va tuman: 2-dekabr uchun ob-havo
Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

2-dekabr kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi 12-14° iliq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
- Buxoro, Navoiyda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo, Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
- Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Izohlar