18-yanvar kuni O‘zbekistonda sovuq ob-havo, ba’zi joylarda tuman tushishi, qor yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Toshkentda kechasi va ertalab ozgina qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol sharqiy tomonga o‘zgarib, 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuqdan 1° iliqqacha, kunduzi 3-5° issiq bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha ob-havo:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.
- Buxoroda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan shamol sharqqa o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
- Navoiyda kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol sharqiy yo‘nalishga o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Tunda harorat 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
- Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan shamol sharqqa o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
- Samarqand va Jizzaxda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan shamol sharqqa o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan shamol sharqqa o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4° sovuq-1° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Gʻarbdan shamol sharqqa o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi va kunduzi harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.





















