14-yanvar kuni O‘zbekistonda nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarga tuman tushadi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 16-18° iliq bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha ob-havo:
- Qoraqalpog‘istonda kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 4° sovuq-1° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
Avvalroq sinoptiklar o‘zbekistonliklarni qor ko‘chkisi xavfi haqida shoshilinch ravishda ogohlantirgan edi. Tog‘larda yashovchi va dam oluvchi aholi, mehmonlar va sayyohlardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi.






















