Trampning noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi bor — TIME
Donald Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi.
Yangi saylangan AQSh prezidenti Donald Tramp noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish uchun federal darajada favqulodda holat joriy etishga tayyorligi haqidagi maʻlumotni tasdiqladi. Avvalroq Judicial Watch konservativ faollar guruhi rahbari Tom Fitton Trampning niyati haqida yozgan edi.
“Xushxabar: Donald Trampning yangi maʻmuriyati mamlakatda favqulodda holat eʻlon qilishga va prezident Jo Bayden siyosatini oʻzgartirish va ommaviy deportatsiyalarni amalga oshirish uchun harbiy kuch ishlatishga tayyor”, deb yozdi Tom Fitton Truth Social tarmogʻida.
Donald Tramp Truth Social tarmogʻidagi sahifasida Tom Fitton xabarini repost qildi va unga “Rost!” deb izoh qoldirdi.
Donald Tramp 2016-yilgi prezidentlik kampaniyasi boshidan buyon noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish niyatida ekanini aytib keladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Bitkoin narxi keskin oshib, kumushni ortda qoldirdi Bitkoin kursi rekord darajada oshib ketdi Tramp muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilmoqchi Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi Tramp o‘zini AQShning 47-prezidenti deb e’lon qildi