Trampning maxsus vakili O‘zbekistonga keladi
Tomonlar iqtisodiyot va xavfsizlik masalalarining keng doirasini muhokama qiladi.

AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular hukumat vakillari bilan uchrashib, iqtisodiyot va xavfsizlikka oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladi.
Qo‘shma Shtatlar munosabatlarni mustahkamlash va savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida Markaziy Osiyodagi hamkasblarimiz bilan hamkorlikni davom ettiradi. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga umid qilamiz hamda AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi “C5+1” diplomatik platformasi doirasidagi sheriklikning o‘n yilligini nishonlaymiz, — deyiladi Davlat departamenti xabarida.
Avvalroq AQSH O‘zbekiston energetikasiga bir necha milliard dollar sarmoya kiritishi haqida xabar berilgandi. Muzokaralar davomida tomonlar yirik kelishuvlarga erishdi.
Izohlar