Shavkat Mirziyoyevga AQSH prezidenti Donald Trampdan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro tashabbusga qo‘shilish uchun rasmiy taklifnoma keldi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tashabbus 2025 yil 29 sentyabrda e’lon qilingan va jahon yetakchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan G‘azodagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha kompleks rejaga asoslangan.

Tashabbusning asosiy elementi uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni shakllantirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan davlatlarni birlashtirishga mo‘ljallangan yangi xalqaro tuzilma – Tinchlik Kengashini tuzishdir.

O‘zbekistonga Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklif etildi. Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga javob maktubi yo‘llab, unda O‘zbekiston kengashga qo‘shilishga tayyorligini bildirgan.

O‘zbekiston prezidenti o‘z qutlovida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik mojarolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanishini ta’kidladi.