Tovoqsoy qamoqxonasida mahkumni devor bosib qoldi
Hozirda Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatidagi Tovoqsoy qamoqxonasi — 7-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumni devor bosib qoldi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro Mustafa Tursinbayev (mahkum) 11-fevral kuni bir qavatli binoning devorlarini buzayotgan vaqtida ustiga devor qulagan. U darhol shifoxonaga yetkazilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan mahkum 16-fevral kuni (oradan 5 kun o‘tib) shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish / muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Ohangaron daryosidan qum-shag‘al qazib olgan shaxs 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazildi Bo‘kada yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni bosib ketdi Toshkent shahri va viloyatidagi 70 ta issiqxonada nostandart qozonxonalardan foydalanilgani aniqlandi Olmaliqda ham 21 yoshli mahkum vafot etdi Bekoboddagi zapravkada 11 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







