1 Avgust 2024, 18:53 Oʻzbekiston

“Toshturma”da sutkasiga 4-6 soat davomida suv berilayotgani aytilmoqda

IIV huzuridagi JIED Markaziy tergov hibsxonasida sutkasiga atiga 4-6 soat davomida suv berilayotganidan ommaviy norozilik kayfiyati yuzaga kelgan.

“Toshturma”da sutkasiga 4-6 soat davomida suv berilayotgani aytilmoqda

Xalq tilida “Toshturma” nomi bilan tanilgan qamoqxonada kuniga atigi 4-6 soat davomida suv berilayotgani aytilmoqda. Bu haqda advokat Abdumalik Abdullayev o‘z sahifasida yozib qoldirdi.

Unga ko‘ra, xalq tilida “Toshturma” nomi bilan tanilgan, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED Markaziy tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslarda shu kunlarda muassasada suv taʼminotida jiddiy uzilishlar bo‘layotganidan, xususan, sutkasiga atiga 4-6 soat davomida suv berilayotganidan ommaviy norozilik kayfiyati yuzaga kelgan.

Shuningdek, kameralarda belgilangan meʼyordan ortiq mahbuslar saqlanishiga yo‘l qo‘yilayotgani, mahbuslarning sog‘lig‘i borasida yetarlicha qayg‘urilmayotgani, tibbiy xizmat talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagani ham noroziliklar ko‘lamini yanada kuchaytirayotgani taʼkidlandi.

“Shu munosabat bilan Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ni zudlik bilan yuqoridagi holatlarni o‘rganib, tegishli munosabatini bildirishga chaqiramiz”, deb yozmoqda advokat.

Mashhur yangiliklar