“Toshturma”da sutkasiga 4-6 soat davomida suv berilayotgani aytilmoqda
IIV huzuridagi JIED Markaziy tergov hibsxonasida sutkasiga atiga 4-6 soat davomida suv berilayotganidan ommaviy norozilik kayfiyati yuzaga kelgan.
Xalq tilida “Toshturma” nomi bilan tanilgan qamoqxonada kuniga atigi 4-6 soat davomida suv berilayotgani aytilmoqda. Bu haqda advokat Abdumalik Abdullayev o‘z sahifasida yozib qoldirdi.
Unga ko‘ra, xalq tilida “Toshturma” nomi bilan tanilgan, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED Markaziy tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslarda shu kunlarda muassasada suv taʼminotida jiddiy uzilishlar bo‘layotganidan, xususan, sutkasiga atiga 4-6 soat davomida suv berilayotganidan ommaviy norozilik kayfiyati yuzaga kelgan.
Shuningdek, kameralarda belgilangan meʼyordan ortiq mahbuslar saqlanishiga yo‘l qo‘yilayotgani, mahbuslarning sog‘lig‘i borasida yetarlicha qayg‘urilmayotgani, tibbiy xizmat talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagani ham noroziliklar ko‘lamini yanada kuchaytirayotgani taʼkidlandi.
“Shu munosabat bilan Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ni zudlik bilan yuqoridagi holatlarni o‘rganib, tegishli munosabatini bildirishga chaqiramiz”, deb yozmoqda advokat.
Мавзуга оид хабарлар:
Navoiyda havodan suv oluvchi uskuna sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi O‘zbekiston Qozog‘istonga yana 500 million kub metr suv beradi Yunusobodda suvoʻtkazgich yorilishi oqibatida koʻchalarni suv bosdi