Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti qisman to‘xtatildi — manzillar
Rejali ta’mirlashdan keyin ta’minot tiklanadi.

12-iyun kuni ta’mirlash ishlari tufayli Toshkentning Sergeli, Mirobod va Olmazor tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati.
Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Sergeli tumanida soat 10:00 dan 17:00 gacha: “Daryobo‘yi” MFYdagi 658 ta xonadon, 5 ta ulgurji iste’molchi;
- Mirobod tumanida soat 15:00 dan 17:00 gacha: “Mehrjon” ko‘chasi, 2 ta ulgurji iste’molchi;
- Yashnobod tumanida soat 10:30 dan 18:00 gacha: “Jiydali” mahallasida, 12 ta ulgurji iste’molchi.
Mavzuga doir: Elektr va gaz tariflarining oshishi inflyatsiyaning o‘sishiga olib keladi. Markaziy bank tartibga solinadigan narxlarning oshishini kutmagan edi, regulyator bayonot berdi.
Izohlar