Toshkentning uchta tumani qisman gazsiz qoladi — manzillar
Kechqurun ta’mirdan keyin yetkazib berish qayta tiklanadi.

12-avgust kuni ta’mirlash ishlari tufayli Toshkentning Sergeli, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati.
Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Sergeli tumanida 11:00 dan 16:00 gacha: “Oltin vodiy” mahallasidagi 486 ta xususiy uy, 13 ta ulgurji iste’molchilar;
- Mirobod tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Farovon”, “Mirobod” va “Sharof Rashidov” mahallalarida, 15 ta ulgurji iste’molchilar;
- Yakkasaroy tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Yunus Rajabiy”, “Bog‘saroy”, “Konstitutsiya” va “X.Sulaymonov” mahallalaridagi 256 ta xususiy uylar, 60 ta ulgurji iste’molchilar.
Mavzuga doir: Elektr va gaz tariflarining oshishi inflyatsiyaning o‘sishiga olib keladi. Markaziy bank tartibga solinadigan narxlarning oshishini kutmagan edi, regulyator bayonot berdi.
Izohlar