Toshkentning uchta tumani qisman gazsiz qoladi — manzillar
Rejali ta’mirlashdan keyin kechqurun ta’minot tiklanadi.

2-iyul kuni ta’mirlash ishlari tufayli Toshkentning Sergeli, Mirobod va Yangihayot tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati.
Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Sergeli tumanida soat 14:00 dan 17:00 gacha: “Nomdanak” va “Jo‘nariq” mahallalaridagi 990 ta xususiy uylar, 16 ta ulgurji iste’molchilar;
- Mirobod tumanida soat 10:00 dan 17:00 gacha: “Chinor” mahallasidagi 148 ta xususiy uy, 7 ta ulgurji iste’molchilar;
- Yangihayot tumanida soat 14:00 dan 17:00 gacha: Choshtepa ko‘chasidagi 435 ta xususiy uy, 17 ta ulgurji iste’molchilar.
Mavzuga doir: Elektr va gaz tariflarining oshishi inflyatsiyaning o‘sishiga olib keladi. Markaziy bank tartibga solinadigan narxlarning oshishini kutmagan edi, regulyator bayonot berdi.
Izohlar