Toshkentning to‘rtta tumani qisman gazsiz qoldi — lokatsiyalar
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi.

19-sentyabr kuni Toshkentning to‘rtta tumanida gaz qisman o‘chiriladi, deya xabar bermoqda Hududgaz Poytaxt matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, rejalashtirilgan taʼmirlash ishlarini mutaxassislar amalga oshiradi.
Shu munosabat bilan quyidagilar gazsiz qoldiriladi:
- Yakkasaroy tumani (soat 10:00 dan 20:00 gacha) — “Shohjahon”, “Rakat”, “Konstitutsiya”, “Rakatboshi”, “Tepa”, “Belarik”, “Muhandislar”, “Bobur”, “A.Qahhor”, “Armug‘on” va “Boshliq” mahallalari;
- Mirobod tumani (soat 10:00 dan 15:00 gacha) — “Baynalmilal”, “Yangi Mirobod”, “Mirobod” va “Avloniy” mahallalari;
- Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 20:00 gacha) — Bobur ko‘chasi;
- Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) — “Yorqin hayot”, “Xushnud”, “Zarbdor” va “Olchazor” mahallalari.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq Toshkentda “aqlli” suv hisoblagichlari o‘rnatilishi boshlangani haqida xabar berilgandi. Yangi hisoblagichlar aniqroq va tezkorroq bo‘ladi.
Izohlar