O‘zbekiston

Toshkentning to‘rtta tumani qisman gazsiz qoladi — manzillar

Ta’minot rejalashtirilganidan oldinroq davom ettirilishi mumkin.

Фото: Ситуативное

31-iyul kuni ta’mirlash ishlari tufayli Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati.

Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Novza” mahallasi;
  • Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha): “Ziyolilar”, “Ko‘hna Qumariq” va “Eski Jaloyir” mahallalari;
  • Yangihayot tumani (14.00 dan 18.00 gacha): “Fayzli” mahallasi;
  • Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Zarafshon” mahallasi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Mavzuga doir: Elektr va gaz tariflarining oshishi inflyatsiyaning o‘sishiga olib keladi. Markaziy bank tartibga solinadigan narxlarning oshishini kutmagan edi, regulyator bayonot berdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная