Toshkentning “Sputnik” massivini yangilash ishlari boshlandi
Qayd etilishicha, hozirda shartnomalar tuzish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan 409 ta ikki qavatli yog‘och uylardan iborat “Yo‘ldosh” (ilgari “Sputnik” massivi deb nomlangan) mavzesini yangilash ishlari boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi huzuridagi Tashkent Invest kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu uylar aholisi uchun “Gulshanobod” mahallasida “Yangi mahalla” turar-joy majmuasi barpo etiladi. Loyiha GC-Group Industries MChJ tomonidan 2024—2027-yillar davomida 24 gektar maydonni qamrab olgan hududda amalga oshiriladi.
Majmua hududida 13 392 ta xonadonga mo‘ljallangan 93 ta 16 qavatli zamonaviy uy quriladi. Infratuzilmaga 1600 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab, 600 o‘rinli bolalar bog‘chasi va sun’iy ko‘l kiradi. Uylarning birinchi qavatlari yashash uchun mo‘ljallanmagan bo‘lib, maishiy xizmat ko‘rsatish zonalari hamda yerusti va yerosti avtoturargohlar joylashtiriladi.
Qayd etilishicha, hozirda shartnomalar tuzish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Tartibga solinmagan o‘tish joyida piyodani urib yuborgan haydovchiga nisbatan hukm o‘qildi Toshkentda jamoat transporti 24/7 ishlash rejimiga oʻtkazilishi mumkin Toshkentda mashinalar ustiga daraxt shoxi quladi Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda yuk mashinasi haydovchisi vafot etdi Toshkentda Lacetti va skuter toʻqnashdi