
Toshkentda noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama qurilmalari olib tashlanmoqda
26 Aprel 2025, 16:14Shavkat Umurzoqov Toshkentning ikki tumanidagi yoʻllarni taʼmirlash uchun 8 mlrd soʻm ajratdi, deyiladi hokim qarorida.
Hokim qarori bilan Mirzo Ulugʻbek tumani obodonlashtirish bosh boshqarmasiga 4 mlrd 233,7 mln soʻm, Bektemir tumani obodonlashtirish bosh boshqarmasiga 3 mlrd 800 mln soʻm mablagʻ ajratiladi. Mablagʻlar poytaxt hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladi.
Avvalroq Toshkentda yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha yangi mavsum boshlangani haqida xabar berilgandi. Tirbandliklarning oldini olish uchun yoʻl ishlari tigʻiz soatlardan tashqarida amalga oshiriladi.