30 Iyul 2024, 08:17 •Oʻzbekiston
Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chirildi
Taʼmirlash ishlari olib borilishi tufayli Toshkentning Uchtepa hamda Bektemir tumanlaridagi ayrim hududlar vaqtincha elektr taʼminotidan vaqtincha uzildi.
Toshkentning Uchtepa hamda Bektemir tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.
Shu bois quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi:
- Uchtepa tumani: “Degrez”, “Nishabariq”, “Ko‘kcha Oqtepa”, “Jurjoniy”, “A.Qodiriy”, “Sharq guli”, “Qoryog‘di”, “Istirohat”, “Xondamir”, “Ibrat”, “Beshqayrag‘och” hamda “Jarbuloq” MFYlarining ayrim hududlarida soat 08:00 dan 14:00 gacha;
- Bektemir tumani: “Iqbol” va “Chashma” MFYlarining ayrim hududlarida bugun soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi
19 Sentabr 2024, 19:21Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi
19 Sentabr 2024, 18:43Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08