6-yanvar kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ba’zi joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati.

Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda gaz ta’minoti soat 09:00 dan 18:00 gacha to‘xtatiladi:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani (09:00 dan 18:00 gacha): Beshkapa mahallasi;
  • Olmazor tumani (10:00 dan 17:00 gacha): Qorasaroy mahallasi.

Rejali ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng ta’minot qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Avvalroq O‘zbekistondagi gaz quyish shoxobchalari faoliyati real vaqt rejimida kuzatib borilishi haqida xabar berilgan edi. Tizim tabiiy gaz hisobini yuritadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi va haydovchilarni nomaqbul yoqilg‘i haqida ogohlantiradi.