Toshkentning ikki tumani qisman gazsiz qoldi — manzillar
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

24-oktyabr kuni Toshkentning Chilonzor va Sergeli tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deya xabar berdi “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Sergeli tumani — soat 10:00 dan 17:00 gacha, Sultonobod va Xontepa mahallalari;
- Chilonzor tumani — soat 10:00 dan 18:00 gacha, Bekto‘pi va Al-Xorazmiy mahallalari.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq O‘zbekistondagi gaz quyish shoxobchalari faoliyati real vaqt rejimida kuzatib borilishi haqida xabar berilgan edi. Tizim tabiiy gaz hisobini yuritadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi va haydovchilarni nomaqbul yoqilg‘i haqida ogohlantiradi.
Izohlar