O‘zbekiston

Toshkentning ikki tumani qisman gazsiz qoldi — manzillar

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

16-oktyabr kuni Toshkentning Yangihayot va Mirobod tumanlarining ba’zi joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati.

Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda soat 10:00 dan 16:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Mirobod tumani — 10:00 dan 18:00 gacha, Mehrjon mahallasi;
  • Yangihayot tumani — soat 10:00 dan 18:00 gacha, Mash’al mahallasi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Avvalroq O‘zbekistondagi gaz quyish shoxobchalari faoliyati real vaqt rejimida kuzatib borilishi haqida xabar berilgan edi. Tizim tabiiy gaz hisobini yuritadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi va haydovchilarni nomaqbul yoqilg‘i haqida ogohlantiradi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная