25-sentyabr kuni Toshkentning Olmazor va Uchtepa tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deya xabar berdi “Hududgazta’minot” matbuot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 16:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Olmazor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Ziyo”, “Ziyokor”, “Zamondosh”, “Shodiyona”, “M. G‘olib” va “Universitet” mahallalari;
- Uchtepa tumani (10:00 dan 16:00 gacha: Kichik halqa yo‘li.
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Avvalroq 2025-yil boshidan buyon iste’molchilarga kommunal xizmatlar uchun asossiz hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi.



















