Toshkentning ikki tumani qisman gazsiz qoladi — manzillar
Ta’mirlash ishlari muddatidan oldin tugashi mumkin.

7-oktyabr kuni Toshkentning Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda soat 10:00 dan 16:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Sergeli tumani: Farog‘atli, Quruvchilar va Nomdanak;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: Sarbon.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq O‘zbekistondagi gaz quyish shoxobchalari faoliyati real vaqt rejimida kuzatib borilishi haqida xabar berilgan edi. Tizim tabiiy gaz hisobini yuritadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi va haydovchilarni nomaqbul yoqilg‘i haqida ogohlantiradi.
Izohlar