26-sentyabr kuni Toshkentning Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ba’zi joylarida gaz o‘chiriladi, deya xabar berdi “Hududgazta’minot” matbuot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 16:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Sergeli tumani: “Xonobodtepa”, “Qumariq” va “Asrobod” mahallalarida;
- Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: “Geofizika”, “Geologlar” (Taraqqiyot) va “Jasorat”.
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Avvalroq 2025-yil boshidan buyon iste’molchilarga kommunal xizmatlar uchun asossiz hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi.



















