Toshkentning ikki tumani qisman gazsiz qoladi — manzillar
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

3-sentyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Gazni quyidagi manzillarda o‘chirish rejalashtirilgan:
- Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Gulirayhon” mahallasi. Uy-joylar soni: 30 ta xususiy uy, 6 ta ko‘p qavatli uy;
- Yunusobod tumani (soat 09:00 dan 20:00 gacha): “Pasira” va “Obod” mahallalari. Uy-joylar soni: 430 ta ko‘p qavatli uylar, ulgurji iste’molchilar soni: 7 ta.
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Avvalroq 2025-yil boshidan buyon iste’molchilarga kommunal xizmatlar uchun asossiz hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi.
Izohlar