O‘zbekiston

Toshkentning ikki tumani qisman chiroqsiz qoldi — manzillar

Ta’mirlash ishlari rejalashtirilganidan oldinroq yakunlanishi mumkin.

Toshkentning ikki tumani qisman chiroqsiz qoldi — manzillar

26-may kuni Toshkent shahrining Uchtepa va Bektemir tumanlaridagi bir nechta mahallalarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Elektr uskunalarini almashtirish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Uchtepa tumani: “Vatan” mahallasida soat 10:30 dan 17:30 gacha;
  • Bektemir tumani: “Bektemir”, “Abay”, “Ustozlar” va “Sohil” mahallalarida soat 12:00 dan 18:00 gacha.

Iste’molchilar uchastkalarda ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirilib, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.

Avvalroq prezident elektr energiyasi va gazni behuda sarflamaslik bo‘yicha ko‘rsatma bergani xabar qilingandi. Hukumat 1,1 milliard kub metr gaz va 2,6 milliard kVt/soat elektr energiyasini tejashni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid