14-yanvar kuni Toshkentning Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uziladi.
Yunusobod tumanidagi 110/10/6 kV kuchlanishli “Beshqo‘rg‘on” podstansiyasida soat 10:00 dan 15:00 gacha ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. Bundan tashqari, Mirzo Ulug‘bek tumani elektr tarmoqlarida (“MU-4” fider) nosozlik yuzaga kelgan.
O‘chirishlar sodir bo‘ldi:
- Yunusobod tumanida — Turkiston, Hasanboy, Sharq haqiqati, Islomobod, Tiklanish va Hamkorobod mahallalarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Qorasuv-6, Oltintepa, Qizilsuv, Bozarik va Angren mahallalarining ayrim qismlarida nosozlik bartaraf etilgunga qadar.
Ko‘rsatilgan hududlarda ta’mirlash ishlari va nosozliklarni bartaraf etish rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq yakunlanishi mumkin. Boshqarma keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.





















