Toshkentning ikki tumani aholisi qisman gazsiz qoldi — manzillar
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

5-dekabr kuni Toshkentning Sergeli va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Sergeli tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha): Keng makon, Nomdanak va Qo‘sh qo‘rg‘on mahallalari;
- Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 18:30 gacha): Amir Temur, Chinor mahallalari va 1, 2, 3, 4 G‘alabaning 40 yilligi mavzelari.
Rejali ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng ta’minot qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq O‘zbekistondagi gaz quyish shoxobchalari faoliyati real vaqt rejimida kuzatib borilishi haqida xabar berilgan edi. Tizim tabiiy gaz hisobini yuritadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi va haydovchilarni nomaqbul yoqilg‘i haqida ogohlantiradi.
Izohlar