Toshkentning ikki tumani aholisi qisman gazsiz qoladi — manzillar
Kechqurun ta’mirdan keyin yetkazib berish qayta tiklanadi.

13-avgust kuni Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlaridagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): Maxtumquli ko‘chasidagi 24 ta uy, ulgurji iste’molchilar: 8 ta;
- Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha): “Xonobodtepa”, “Quruvchilar” va “Xonobod” mahallalaridagi 857 ta xususiy uylar, ulgurji iste’molchilar: 23.
Eslatib o‘tamiz, issiqxonalar qishda kafolatlangan gaz hajmini olishi mumkin. Buning uchun xo‘jaliklar xorijga mahsulot eksport qilish majburiyatini olishi kerak bo‘ladi.
Izohlar