Toshkentning ikki tumani aholisi qisman elektr ta’minotisiz qoldi — manzillar
Kechqurun elektr quvvati qayta yoqiladi.

16-may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy va Uchtepa tumanlaridagi bir qancha mahallalarda elektr energiyasi uziladi, deb xabar bermoqda HET axborot xizmati.
Rejali profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtinchalik uziladi:
- Yakkasaroy tumani: Belarik mahallasida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Uchtepa tumani: Chamanzor mahallasida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
O‘zbekistonda 1-maydan boshlab bir qator muhim o‘zgarishlar kuchga kirishi haqida avval xabar berilgandi. NOVA24.uz tahririyati mamlakatdagi eng muhim o‘zgarishlarni eslatib o‘tgan.
Izohlar