O‘zbekiston

Toshkentning ikki tumani aholisi ertalabdan chiroqsiz qoladi — manzillar

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

15-iyul kuni Toshkentning Yunusobod va Uchtepa tumanlaridagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uziladi, deb xabar bermoqda HET axborot xizmati.

Elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yunusobod tumani: “Firdavsiy”, “Shayx Shivli” va “Mirzo Ulug‘bek” mahallalarida soat 05:00 dan 07:00 gacha.
  • Uchtepa tumani: “Latif guzar”, “Hojiobod” va “Ko‘rkamobod”, “Abdulla Qodiriy” mahallalarida soat 09:00 dan 12:00 gacha.

Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda chiqindi tashish uchun qarzdorlar elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshira olmaydi. Qarzdorligi bo‘lgan fuqarolarga barcha qarzlarni qoplash uchun besh kun muddat beriladi, shundan so‘ng elektr energiyasi uchun to‘lovlar bloklanadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная