O‘zbekiston

Toshkentning bir tumanida minglab uylar gazsiz qoldi — manzillar

Rejali ta’mirlashdan keyin ta’minot tiklanadi.

Toshkentning bir tumanida minglab uylar gazsiz qoldi — manzillar

22-may kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi ayrim mahallalarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.

Yunusobod tumani 8-kichik dahasida gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 22-may kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Yunusobod 2-19-uylar, “Anorzor”, “Shahriston”, “Kulolqo‘rg‘on”, “Yo‘lariq”, “Turkiston”, “Registon”, “Bobodehqon” mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar hamda Registon, Mirzaahmedov, Moyqo‘rg‘on, Binkat va Yuqori Qoraqamish ko‘chalaridagi xonadonlar;
  • ulgurji iste’molchilar: 480.

“Otchopar 1”, “Otchopar 2”, «Yunusobod,» «Posira,» «Xiyobontepa,» «Bodomzor,» «Shivli,» «Firdavsiy,» «Yangitarnov,» «M.Ulug‘bek,» «Buyuk Turon,» “Bo‘zsuv”, “Iftixor”, “Jomiy”, “Turkqo‘rg‘on”, “Yangiariq”, “Shirin”, “Minor”, “Matonat” mahallalarida ham gaz bosimi pasayadi.

Shuningdek o‘qing: Elektr va gaz tariflari, bojsiz olib kirish va qayta ishlash to‘lovi: 1-maydan beri O‘zbekistonda nima o‘zgardi?

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid