
Toshkentning bir tumanida issiq suv harorati biroz pasayadi — manzillar
Mutaxassislar quvurlarni gidravlik sinovdan oʻtkazadi.

11-aprel kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida ayrim hududlarda issiq suv harorati vaqtincha pasayishi mumkinligi haqida Veolia Energy Tashkent xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, soat 08:00 dan 18:00 gacha ToshIEM-5 va 8 qozonxonalarining issiqlik tarmoqlari quvurlarida ehtimoliy zaif joylarni aniqlash, issiqlik taʼminoti ishonchliligini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida quvurlarning gidravlik sinovlari (bosim ostida tekshirish) oʻtkaziladi.
Suv harorati va bosimining vaqtincha pasayishi quyidagi manzillarda kuzatiladi: Nukus koʻchasi, Oybek koʻchasi, Katta Mirobod 1-tor koʻchasi, Mironshoh 7-tor koʻchasi, Xonzodabegim koʻchasi, Turkiston koʻchasi, Nukus berk koʻchasi, Moshtabib koʻchasi, Sodiq Azimov koʻchasi, Said Baraka koʻchasi, Shevchenko koʻchasi, Fidokor koʻchasi, Chimkent koʻchasi, Istiqbol koʻchasi, Shahrisabz koʻchasi, Haydar Aliyev koʻchasi.
Kompaniya vakillari rejadagi ishlar yakunlangach, mutaxassislar qisqa vaqt ichida issiq suv taʼminotining barqaror rejimini tiklashlarini taʼkidladilar.
Soʻnggi yangiliklar







